Aspas: "To'rtinchi gol bo'lmaganida "Barselona" bilan bahs biz uchun uzoq davom etardi"

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 10:10
"Selta" hujumchisi Yago Aspas "Barselona"ga qarshi Ispaniya chempionatining 7-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

O'yin 4:3 hisobida "Selta"ning g'alabasi bilan yakunlandi, Aspas o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

"Bu uchrashuvda kurashlar ko'p bo'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, "Barselona" - ikkinchisida. Raqib bizga ochko sovg'a qilmasligini bilardik. Ammo muxlislarimizga 3 ochko inom qildik. To'rtinchi gol bo'lmaganda, "Barselona" bilan bahs biz uchun uzoq davom etgan bo'lardi" - deydi Aspas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca