“Selta” hujumchisi: “Bosh hakam 4-penaltini belgilab, uni o'zi tepishi qolgandi”

Eldor Akmurzayev
3 apr 2022, 09:45
La Liga 30-turda “Real”ga (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Selta” hujumchisi Yago Aspas hakamlar brigadasini tanqid qildi.

O'yinni Pablo Fuertes boshqardi va vigoliklar darvozasiga uch bor penalti belgiladi.

“U 4-penaltini belgilab, uni o'zi tepishi qolgandi. U Benzema xet-trik qilishini xohlagan ko'rinadi.

Men uchun eng muhimi g'alabaga erishish va bu haqli yoki unday emasligi ahamiyatsiz. G'oliblikka chanqoqman, g'alabaga erishishni xush ko'raman va o'zimni kamsitilgandek his qilib, uyga qaytmoqdaman. Yaxshi o'ynadik, ammo ochkosiz qoldik”, deydi Aspas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca