"Arsenal"ning sobiq futbolchisi butsalarini mixga ildi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2021, 13:31
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Joan Juru futbolchilik faoliyatini yakunladi.

"17 yillik professional futbolchilikdan keyin fahr bilan aytishim kerakki, faoliyatimni yakunlamoqdaman", - deb yozadi futbolchi.

Juru 2003 yilning avgustida "Arsenal" akademiyasiga taklif qilingan va 2004 yilda asosiy jamoa tarkibida maydonga tushgan. U 2014 yilga qadar "kanonirlar" sharafini himoya qilib, "Birmingem", "Gannover", "Gamburg" kabi jamoalar tarkibida harakat qildi.

Shveytsariya termasi tarkibida u 76 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal