“Arsenal” "Vest Xem" sardorini 100 million funtga sotib olishga yaqin

Alisher
13 iyun 2023, 08:45
“Arsenal” va "Vest Xem" Deklan Rays bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichini o'tkazishmoqda.

Jamoalar futbolchining tranferi bo'yicha deyarli kelishuvga erishib bo'lishdi. "Vest Xem" sardori “To'pchilar”ga bonuslarni qo'shgan holda 100 million funtga tushadi.

Rays yakunlangan mavsumda "Vest Xem"ning 49 o'yinida ishtirok etib, 5ta gol va 4 assist qayd etdi. Uning "bolg'achilar" bilan yana bir yillik shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru