

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, "kanonirlar" ayollar jamoasining mashhurligini oshirishga e'tibor qaratiladi.
Alohida aytish joiz, "Arsenal" va Adidas o'tgan mavsumda yoshlar o'rtasidagi zo'ravonlik sabablariga qarshi kurashishga qaratilgan No More Red xayriya kampaniyasini boshlagan edi. APL 2022/23 yilgi mavsumi boshlangunga qadar uy libosining har bir sotuvidan 5 funt sterling mahalliy hamjamiyat loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun "kanonirlar" jamg'armasiga o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, tomonlar 2019 yildan beri hamkorlik qilib kelishadi. Avvalroq nemis koncerni 1986 yildan 1994 yilgacha London klubining texnik hamkori bo'lgan.



