"Arsenal" Obameyangga uch yillik shartnoma taklif etadi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2020, 21:19
"Arsenal" hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

"Kanonirlar" 31 yoshli gabonlikka haftasiga 250 ming funt maosh bilan uch yillik kelishuvni taklif qilishadi. Hozirgi kunda u 180 ming funt oladi.

Hujumchining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyun oxirida tugaydi.

Obameyang 2019/20 yilgi mavsumda "Arsenal" safida 44 o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 56 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror