"Arsenal" Lautaro Martinesning transferiga qiziqishni tikladi

Alisher
3 may 2022, 12:57
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin.

"Kanonirlar" turnir jadvalidagi holatlari sabab futbolchining xaridiga qiziqishni tikladi. "Arsenal"da Chempionlar Ligasiga chiqishga imkoniyat bor, shu sabab London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi xarid qilmoqchi.

Qayd etish kerakki, Martines ehtimoliy forvardlar ro'yxatida birinchi. Artetaning ro'yxatidan Gabriel Jezus ("Manchester Siti") va Dominik Kalvert-Lyuin ("Everton") ham o'rin olgan.

"Arsenal" APLda mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda 63 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda. 4-o'rinda ketayotgan "Chelsi"da 66 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail