Arsenal katta transferni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Transfer summasi 130 million evro

Khoja
8 iyun 2024, 11:03
Arsenal Napoli hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

To'pchilar nigeriyalik hujumchi uchun 130 million evro to'lashga tayyor.

Avvalroq, Viktorning Chelsiga o'tishi borasida xabarlar tarqagandi, lekin futbolchining o'zi Arsenalni tanladi.

Ma'lumot uchun, Napoli Osimxenni 2020 yilda 77 millionga sotib olgandi. Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 4 golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com