“Arsenal” Auar uchun “Lion”ga rasmiy taklif yubordi

23 sen 2020, 09:10
Hozircha tomonlarning bu boradagi yakuniy qarori ma'lum emas.

“Arsenal” Ussem Auar uchun “Lion”ga 40 mln evro to'lashga tayyorligini bildirib, rasmiy taklif yuborgan. Bu haqda Le10Sport nashri xabar berdi.

22 yoshli futbolchi 2019/20 yilgi mavsum “Lion” safida 41 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 49,5 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le10Sport