"Arsenal", "Atletiko", "Tottenxem" va MYU Andre Silva uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
19 iyun 2021, 12:43
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Andre Silva yozda boshqa klubga o'tishi mumkin.

O'yinchining agenti Jorje Mendesh bu borada ishni boshlab yuborgan, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Portugaliyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Atletiko", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Andre Silva o'tgan mavsum Germaniya chempionatida 32ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira