APL. Markaziy bahsda durang qayd etildi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2020, 02:15
Angliya chempionati 30-turidan joy olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.


Tottenxem Manchester Yunayted 1:1

"Tottenxem Xotspur Stedium"

Gollar: 1:0 – 27 Bergveyn, 1:1 – 81, penalti Brunu Fernandesh.

Tottenxem – Loris, Ore, Devis, Sanches, Dayer, Sissoko, Lamela (Jedson Fernandesh, 70), Bergveyn (Lo Chelso, 70), Uinks, Son Xyon Min, Keyn.

Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Maguayr, Lindelyof (Matich, 78), Uan-Bissaka, Maktominey (Bayi, 89), Fred (Pogba, 63), Brunu Fernandesh, Jeyms (Grinvud, 62), Marsyal (Igalo, 78), Reshford.

Ogohlantirish: Jeyms (41).


Uchrashuv tugadi. Ajoyib o'yin uchun jamoalarga rahmat deymiz. E'tiboringiz uchun rahmat! Xizmatingizda Sherzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlargacha!  

90+5. MYU to'pga egalik qilmoqda. 

90+3. Keyn Grinvudga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

Penaltiiiii! Nahotki?!  VARda hammasi ko'rinib turibdi. Dayer qo'pollik ishlatmagan, adolat qaror topdi. 

89. MYUda oxirgi o'zgarish: Maktominey o'rniga Bayi tushdi. 

88. Grinvud raqibi Lo Chelsoni yiqitdi, jarima to'pi... To'p oldida Keyn. Zarba jonli devorga tegdi. 

87. "Tottenxem"da burchak to'pi va uni Son amalga oshiradi. 

86. Sanches himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

84. Keyn Maguayr tomonidan yiqitildi. 

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL! Fernandesh penaltidan to'g'ri foydalanib, hisobni tengdashtirdi: 1-1! 

80. Penalti!!!!  Pogba ajoyib texnikasi evaziga Dayerni aldab o'tdi, ammo yiqitildi. 

79. Uan-Bissakaning uzatmasi... 

78. MYUda 2 ta o'zgarish: Marsyal o'rniga Igalo, Lindelyof o'rniga Matich tushirildi. 

75.  To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 36% - 64% 

73. Maguayr "Tottenxem" hujumini bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatdi. 

Mana o'sha qoyilmaqom seyv!

71. O'yin davom etadi! 

70. "Tottenxem"da o'zgarishlar qilindi: Lamela o'rniga Fernandesh, Bergveyn o'rniga Lo Chelso. 

69. O'yinda "pauza". Futbolchilar suv ichib olishlari mumkin.  

68. Pogba maydonni sog'ingan ko'rinadi, bira to'la Lamelaning ustiga ham chiqib ketdi... 

66. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Marsyaldan qoyilmaqom zarba - Lorisdan ajoyib seyv!  

63. Pogba maydonga tushishi bilanoq zarba yo'lladi, biroq bu to'p "blokirovka" qilindi.  

63. MYUda o'zgarishlar: Jeyms o'rniga Grinvud, Fred o'rniga Pogba tushirildi. 

62. Sanchesda yaxshi vaziyat bo'lgandi, ammo noaniq. 

58. Keynning raqib jarima maydonchasi ichiga  yo'llagan pasini Shou "podkat" orqali bartaraf etdi.  

56. Uan-Bissakaning ichkariga yo'naltirilgan uzatmasini Bergveyn qaytarib yubordi 

55. ZAAAARBAAAAAAA! Bruno Fernandeshning pastki burchak tomon yo'llagan zarbasi ancha kuchli yo'naltirildi, zarbaga bir oz aniqlik yetishmadi. 

53. Uan-Bissakaning havodan oshirilgan uzatmasi Reshfordning bosh bilan zarbasi bilan tugadi, afsuski, zarba ancha kuchsiz edi. 

51. "Tottenxem" qarshi hujumga o'tdi, Lamela sherigiga to'pni uzatdi, sherigi esa bundan foydalana bilmadi. 

50. Uinks Jeymsga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

47. Markus Reshford to'pni ichkariga uzatdi, ammo raqiblar to'pni uzoqlashtirdilar. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'limdan suratlar

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+3. Fernandeshning ajoyib zarbaaaasiiii! Ugo Loris shu yerda ekanligini bildirdi.

45+1. Orening uzoqdan yo'llagan zarbasi "o'xshamadi". 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

43. Lamela o'ng qanotdan berchak to'pini amalga oshirdi, Maguayr to'pni qatarib yubordi, to'p Uinksga yetib eldi, ammo u zarba bera olmadi. 

41. Jeyms ortdan Dayerni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

40. Lamela Reshfordni maydonga qulatdi.  

39. Shouning havodan uzatmasi Reshfordgacha yetib kelmadi, Devis to'pni bosh bilan qaytarib yubordi. 

38. MYU oldinga intilmoqda 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 37% - 63% 

35. Jeyms Lamelani yiqitdi. 

34. Sanchesning zarbasi osmon tomon "uchdi"

31. Zarbaaaaa! Bergveynning uzatmasidan keyin Sonning bosh bilan yo'llagan zarbasini De Xea ajoyib seyv evaziga qaytardi.   

29. Sissoko Maktomineyni yiqitdi. Jarima zarbasini Fred amalga oshirdi, uning to'p oshirishidan keyin burchak zarbasi qad etildi 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bergveyn o'zining kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi! "Tottenxem" - MYU 1:0! 

25. O'yin davom etadi! 

23. Hakam tomonidan "time-out" e'lon qilindi. 

22. Fernandeshning uzatmasi... Sanches qaytarib yuborgan to'p Reshfordga yetib keldi va uning zarbasini Lboris qaytarishga erishdi.  

19. Fernandesh o'ng qanot burchak to'pini jamoadoshlariga oshirdi, lekin hech qanday samara yo'q, hozircha.  

17. Hozircha o'yindagi kichik ustunlik mehmonlar tarafda bo'lib turibdi. 

16. Marsyal Dayerga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

15. Lamela o'z pasi bilan Keynni yakkama-yakka holatga olib chiqmochi bo'ldi, ammo to'p MYU himoyachilarige tegib yo'nalishini o'zgartirdi. 

13. Son uzoqdan zarba berishga urinib ko'rdi, De Xea o'z joyida. 

10. Har ikkala jamoa to'pga egalik qilishga harakat qilmoqda, bir-birlarini o'rganishayotganday go'yo. 

8. Freddan "podnojka", jabrdiyda - Lamela. 

8. Reshford o'ziga xos reydni amalga oshira boshladi, biroq raqib himoyachilari uni to'xtatib qolishdi 

6. Erik Lamela o'ng qanotdan burchak to'pini jamoadoshlariga uzatdi, biroq samarasiz. 

6. MYU to'pga egalik qilmoqda. 

4. Maktominey Uinksni yiqitdi. 

3. Lyuk Shou "Tottenxem" hujumini to'xtatib qo'ydi. 

1. O'yin boshlandi! 

Rasman: Lukas Moura kechagi mashg'ulotda olgan jarohat tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. 

"Tottenxem" va "Machester Yunayted" chigil yozdi mashg'ulotlari davomida irchilikka qarshi ekanliklarini namoyon etishdi. 

WhoScored nashri Son va Reshfordni o'zaro solishtirdi 

Tottenxem" a'zolari ham stadionda! 


Ole Gunnar Sulsher va uning shogirdlari "Tottenxem Xotspur Stedium"ga yetib kelishdi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, "Manchester Yunayted" 99 kun deganda bugun o'zining birinchi o'yinini o'tkazadi. 

Tarkiblar e'lon qilindi! 

O'yin boshlanishiga oz fursat qoldi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:15da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun Angliya premer ligasi 30-turida dahshatli to'qnashuv ro'y beradi. Mourinyo boshchlilgidagi "Tottenxem" Sulsher qo'l ostidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. O'yinni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia