APL. Agueroning “poker”i “Lester”ga ayanchli mag'lubiyatni “taqdim” etdi

11 fev 2018, 00:38
APL 27-turi doirasida “Manchester Siti” o'z maydonida “Lester Siti”ni yirik hisobda taslim etdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Rahim Sterling hisobni ochgan bo'lsada, Jeymi Vardi bo'lim o'rtalarida muvozanatni tikladi. Ammo ikkinchi bo'limda Agueroni to'xtatishni ilojisi bo'lmadi. Argentinalik hujumchi ketma-ket to'rt bor Shmeyxel darvozasini ishg'ol etib, jamoasini yirik g'alabasini taminladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia