

Qur'a natijasiga ko'ra, “Chelsi” klubi YCHL 1/8 finalida “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi. Londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte shogirdlarini hozir bu o'yin haqida o'ylamaslikka, bor e'tiborni chempionat o'yinlariga qaratish lozimligini aytdi.
“Qur'aga munosabatimiz ijobiy bo'lishi kerak. Bu bosqichda har qanday raqib bilan ham o'ynashga tayyor bo'lish lozim. Hali “Barselona” haqida o'ylash uchun fursat etadi. Lekin ayni paytda buning mavridi emas. Bu narsa zararga ishlab qolishi hech gap emas”, - dedi Konte.
Ma'lumot uchun, APLning 16-turidan so'ng Antonio Konte jamoasi 32 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Italiyalik mutaxassis o'z intervyularining birida jamoasi chempionlik uchun kurashdan chiqqanligini ham tan olgan edi.




