Antonio Konte: "Angliyada VAR'dan to'g'ri foydalanish uchun hali ko'p o'rganish kerak"

Aziz Tukhtamuradov
1 sen 2022, 07:53
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Vest Xem"ga qarshi o'yinda yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.

Bahs davomida hakam "Vest Xem" futbolchisi Aaron Kressuellning qo'l bilan urgan golini bekor qildi. 

"To'g'risini aytsam, birinchi bo'lim oxirida hakam bilan gaplashdim va unga "Siz to'g'ri qaror qabul qildingiz" dedim. VAR'ga javob beruvchilar yana bir marta qayta ko'rib chiqib, hakamga ma'lumot berishgani aqlga sig'maydi. Hakamning dastlabki qarori to'g'ri ekanligini ko'rib turibman va shunda ham VAR bo'yicha e'lon bo'lgani g'alati ko'rindi. Faqatgina shuni aytishim mumkinki, hakam o'sha vaziyatda to'g'ri qaror qabul qildi. Odatda VAR qaror noto'g'ri bo'lganida ishga tushiriladi. 

Angliyada VAR'dan to'g'ri foydalanish uchun hali ko'p o'rganish kerak. Siz yaxshi o'qishingiz va aniqroq bo'lishingiz lozim. Agar VAR bo'lsa siz undan to'g'ri foydalanishingiz va qaror qabul qilishingiz lozim", - dedi Konte. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC