Andrea Pirlo "Milan"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2021, 08:39
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Milan"ga qarshi uchrashuvdagi g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz uchun g'alaba qozonish muhim edi. Jadvalda bizdan yuqorida borayotgan jamoaning natijalari qiziq emasdi. Biz o'z o'yinlarimizga e'tiborni qaratamiz. Ko'ramiz, ikki oydan so'ng vaziyat qanday ko'rinish olarkin. 

"Yuventus" o'yinni nazorat qilishni istaydi va A Seriya yetakchisiga qarshi o'yinda bunday kayfiyat biz uchun muhim edi. 

Jamoamizda barcha futbolchilar bir vaqtda asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanishadi, yoki aksincha. Biz raqibdan kelib chiqib, tarkibni tanlash imkoniyatiga egaligimizdan xursandmiz. 

Dibala tezroq formaga kirib olishini istaymiz. U hozir 100 foiz tayyor emas. Jismoniy tayyorgarlik bilan bog'liq qandaydir muammolar yuzaga kelgandi, hozircha bu mavsumda u o'zining cho'qqisiga chiqqani yo'q", - dedi Pirlo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia