Ander Errera: "Real"ga qarshi 110 ming muxlis qarshisida o'ynaganimiz yodimda" + FOTO

Tolibjon Qosimov
28 iyun 2017, 21:17
Har yili yozda Yevropa va MLSning yetakchi jamoalari o'rtasida turnirlar o'tkazilib kelinadi.

"International Champions Cup"doirasida 2014 yilning 2 avgust sanasida Angliyaning "Manchester Yunayted" va Ispaniyaning "Real" jamoalari o'zaro bellashishgan. "Michigan" stadionida deyarli 110 ming muxlis qarshisida kechgan bahsni "qizil iblislar" yarim himoyachisi Ander Errera yodga oldi.

"Biz AQSHda "Real"ga qarshi qanday o'ynaganimiz yodimda. Stadionda 110 ming muxlis va ularning 80% qizil edi", - deb aytib o'tdi Errera.

Eslatib o'tamiz, o'sha bahsda "Manchester Yunayted" 3:1 hisobida g'alaba qozongan va guruhni peshqadam sifatida yakunlagan edi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football-Espana