Errera PSJ bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Xavbek "Atletik"ga qaytadi

Alisher
24 avg 2022, 17:17
Yarim himoyachi Ander Errera PSJdan ketadi.

Jurnalist Loik Tanzining xabariga ko'ra, 33 yoshli o'yinchi klub bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Yarim himoyachi faoliyatini "Atletik"da davom ettiradi. U ushbu jamoada 2011-2014 yillar davomida o'ynagan.

Errera PSJga 2019/20 yilgi mavsum oldidan "Manchester Yunayted"dan o'tgan. U Parij klubi bilan birgalikda ettita sovrin, jumladan ikki bor Fransiya chempionatida g'olib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Tanziloic