"Atletik" PSJ futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
16 avg 2022, 11:57
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera ushbu yozda "Atletik"ga qaytishi mumkin.

Bilbao klubi unga "2+1" ko'rinishidagi shartnoma taklif qiladi.

32 yoshli Errera o'tgan mavsum Parij klubi safida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Errera bungacha 2011-2014 yillar davomida basklar safida o'ynagan va shundan so'ng "Manchester Yunayted"ga 36 mln evroga sotilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es