Anchelottining o'g'li "Reynjers"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 may 2025
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, u bilan avvalroq "Real", "Chelsi" va PSJda ishlagan Pol Klement jamoaga qaytadi.

Karloning o'g'li Davide Anchelotti murabbiylik faoliyatini boshlashdan avval iyun oyida Ekvador va Paragvayga qarshi o'yinlarda otasining yordamchisi bo'ladi.

35 yoshli mutaxassis "Reynjers" bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani haqida ma'lumotlar bor. Shuningdek, Davidega "Komo" klubi qiziqish bildirmoqda, ammo u Shotlandiya klubida ishlashni afzal ko'rmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS