

"Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazgan bo'lsak, ikkinchi taymda umuman boshqacha o'ynadik. Ikkinchi taymda o'yin taqdirini o'zgartirish qiyin, lekin jamoada buni o'zgartirish uchun xarakter bor edi. Yigitlar taslim bo'lishmadi va bu bizni o'zgartirishiga ishonaman.
Sebalos va Asensio o'yin dinamikasini o'zgartirdi. Ular o'yinga shiddat olib kirishdi, hisobni o'zgartirish va keyingi bosqichga chiqishda hal qiluvchi rol o'ynashdi", – dedi Anchelotti.
"Real"ning 1/4 finaldagi raqibi bugun qur'a tashlash marosimida aniq bo'ladi.



