Anchelotti "Real" o'yinchilariga "Atletiko" bilan o'yinda hakamlar bilan bahslashishni taqiqladi

Alisher
29 sen 2024, 18:13
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi La Liga 8-tur doirasidagi o'yinda "qaymoqranglilar" futbolchilariga hakamlar bilan bahslashishni taqiqladi.

Italiyalik mutaxassis "Alaves" (3:2)ga qarshi La Liga 7-tur doirasidagi o'yinda o'z futbolchilarining tez-tez bosh hakam bilan bahslashgani va uning qarorlariga qarshi chiqqanida norozi bo'lgan. Anchelottining fikriga ko'ra, "qaymoqranglilar" o'yinchilari shu sabab o'yin ustidan nazoratni yo'qotishgan.

Anchelottining vinger Vinisius Juniorga ko'proq e'tibor qaratgani va u bilan gaplashgani qayd etilmoqda. Italyan murabbiyi braziliyalik futbolchining e'tiborini hakamga emas, o'yinga qaratishini xohlaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca