

"Marca" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining navbatdagi turini o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, bir hafta muqaddam Benzema mashg'ulotlarda jarohat olgan va shu sabab "Real"ning so'nggi ikki o'yini – "Sevilya" va "Leyptsig"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgan edi. Hozir bosh murabbiy Karlo Anchelotti jarohatini og'irlashtirmaslik uchun futbolchini muddatidan oldin maydonga qaytarishni istamayapti.
Benzema joriy mavsum chempionatda 5 ta gol urdi. Bir hafta oldin futbolchi faoliyatidagi ilk "Oltin to'p"ini olgandi.
"Real" – "Jirona" bahsi 30 oktyabr kuni 20:15 da start oladi.



