Ancha muddatni maydon tashqarisida o'tkazgan ikki futbolchi "Chelsi" mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2024, 11:39
"Ko'klar"da kadrlar bilan bog'liq holat yaxshilanmoqda.

"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell va yarim himoyachi Karni Chukvuemeka jamoaviy mashg'ulotlarga kirishishdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikkala futbolchi ham jarohat tufayli ancha vaqtni o'tkazib yuborishdi. Chiluell sentyabr oxiridan, Chukvuemeka esa avgust oxiridan beri o'ynamagandi. 

"Chelsi" navbatdagi o'yinini 6 yanvar kuni Angliya Kubogi doirasida o'z maydonida "Preston"ga qarshi o'tkazadi.

Oldinroq "aristokratlar" La Liga to'purarlaridan biriga ega chiqmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com