Ana bo'lmasa! Yaponiya Jahon chempionati boshlanishiga 2 oy qolganida bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2018, 07:35
Vohid Xalilxodjich Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

65 yoshli bosniyalik murabbiy JCH-2018 boshlanishiga 2 oy vaqt qolganidn ishdan bo'shatildi. Aynan shu murabbiy yaponlarni Rossiyadagi mundialga olib chiqqandi.

Yaponiya mart oyi so'nggida Mali (1:1) Ukraina (1:2) bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazgandi. JCH-2018ga chiqa olmagan terma jamoalar bilan o'yinlardagi natijalar rahbariyatga yoqmagan ko'rinadi.

Yaponiya futbol Federatsiyasi rahbari Kozo Tashima bugun yangi bosh murabbiy nomi e'lon qilinishini aytib o'tdi.

Asosiy nomzod – Xalilxodjichning yordamchisi, Makoto Teguramori. U 2016 yilgi Olimpiada o'yinlarida Yaponiya terma jamoasiga ustozlik qilgan.

JCH-2018 final bosqichida Yaponiya Kolumbiya, Senegal va Polsha bilan bir guruhdan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kyodonews.net