Amorimning MYUdagi ilk transferi braziliyalik futbolchi bo'lishi mumkin

Khoja
23 noya 2024, 10:54
Manchester Yunayted qishda markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Qizil iblislar Atalanta yarim himoyachisi Ederson Lorenso bilan shartnoma tuzishni reja qilishmoqda. Ushbu transferga jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim rozilik bergan. Inglizlar 25 yoshli futbolchi uchun 40 million evro to'lashga tayyor.

Ederson joriy mavsum 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va golli uzatma bor. Futbolchining Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru