Allegri: “Ronaldu 5 ta “Oltin to'p”ni yutdi, biroq u har doim oldiga yangi maqsadlarni qo'yadi”

22 fev 2020, 08:20
Ayni damda ishsiz bo'lgan Massimiliano Allegri sobiq shogirdi Ronaldu va YCHL haqida gapirdi.

“Ronalduning ruhiyati boshqalar uchun haqiqiy namuna. U beshta “Oltin to'p”ni yutdi, pullari haddan ortiq, biroq har doim o'z oldiga yangi maqsadlarni qo'ya oladi. G'alaba qozonish uchun nimanidir qurbon qilishni va ishlashni bilish lozim. YCHLda g'alaba qozonish uchun omad ham kerak, ammo kerakli vaqtda yuqoriga ko'tarilish uchun ham muhimi fundament bo'lishi lozim. Hozir esa 3 yil oldin “Real” favorit bo'lgani kabi YCHLga yaqqol da'vogarni ko'rayotganim yo'q”, - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia