Giorgi Jgeranaya: “Jamoamizda kumush medalni qo'lga kiritish imkoniyati bor”

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 18:51
O'zbekiston Superligasining 28-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi “vodiy derbisi” doirasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning gruziyalik tajribali himoyachisi Giorgi Jgerenaya bo'lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Har qanday derbi o'yinlari doimo keskin kurashlar ostida kechadi.Bunday uchrashuvlarda har bir futbolchi maydonga o'zgacha ishtiyoq va motivaciya bilan maydonga tushadi. Bo'lajak bahs esa medallar taqdiriga oydinlik kiritishi bilan yanada ahamiyatli. O'zingizga ma'lum, “Neftchi” amaldagi mamlakat chempioni hamda joriy mavsumda ham o'z unvonini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Jamoamizda esa kumush medalni qo'lga kiritish imkoniyati bor. Mazkur omillar sababli, bo'lajak o'yinning principiallik jihati juda yuqori. 

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnavbahor.uz