JCH-2030da ham suv ichish uchun tanaffuslar saqlanib qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 19:18
FIFAning JCH-2030 telehuquqlarini sotish bo'yicha hujjatlari uch daqiqalik suv ichish (hydration breaks) tanaffuslari turnir dasturida qolishi mumkinligini ko'rsatmoqda, deb xabar beradi The Guardian.

Efirga uzatuvchilar uchun tayyorlangan tender materiallarida aynan ushbu to'xtalishlar paytida reklama sotish imkoniyati nazarda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, bunday tanaffuslar ilk bor 2026 yilgi jahon chempionatida barcha o'yinlar uchun yalpi tarzda joriy etilgan va bu homiylardan tushadigan daromadlarni oshirish imkonini bergan edi.

Shunga qaramay, FIFA 2030 yilgi mundialda mazkur tanaffuslardan foydalanish bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini takidlamoqda. Musobaqa asosan Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o'tkaziladi, ochilish marosimi doirasidagi uchta uchrashuvga esa Janubiy Amerika mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian