Aleksey Estafeev:" Chempionat peshqadamiga qarshi o'yinda o'zimizni yaxshi ko'rsata oldik"

Khoja
4 iyun 2024
Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Do'stlik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Estafeev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Yigitlarga bugungi o'yin rahmat aytaman. Yaxshi tayyorlandik, peshqadamga qarshi o'yinda o'zimizni yaxshi ko'rsata oldik. O'yindan qoniqish hosil qildim. "Buxoro" jamoasiga keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat tilayman.

- Jamoangiz 2 ta to'p farqi bilan oldinda borayotib ham g'alabani qo'ldan chiqardi. Bunga sabab nimada deb o'ylaysiz?

- Bu futbol, natijani oldindan aytib bo'lmaydi. Himoyada xatoliklarga yo'l qo'ydik va ikkita to'p o'tkazib yubordik.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia