

O'yin haqida
- "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin davomida vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. Bizga bir oz xarakter yetishmadi. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikka kirishamiz.
- "Aral" sizning jamoangiz uchun noqulay raqibmi?
- Yo'q, bunday deb hisoblamayman.
- Stadion borasida fikringiz qanday?
- Bu borada fikrim yo'q. O'zPFL bu stadionni qabul qilganmi, demak shu yerda o'ynaymiz.
- "Aral" tarkibida qaysi futbolchining ko'rsatgan o'yini sizga maqul keldi?
- Himoyachi bor, 15-raqamli futbolchi. U bir necha yillardan buyon jismoniy darajasini mukammal ushlab kelmoqda.



