Aleksey Estafeev: “Qiyin g'alabaga erishdik”

Administrator
11 sen 2024, 22:30
Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan “Xorazm” - “Do'stlik” (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Aleksey Estafeev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin g'alabaga erishdik. Qiyin deganimning sababi, “Xorazm” juda yaxshi shakllangan jamoa. Urganchga kelib ochko olib ketish oson emas. Mezbonlar bugun ham juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz himoyadagi ishonchli o'yin va jamoaviy birdamlik evaziga g'alabaga erishdik. Tashkilotchilik uchun “Xorazm” klubi vakillariga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim.

- Jamoangiz so'ngi o'rinda bo'lsa ham, ularni g'alabaga undash uchun qanday ishlarni amalga oshirdingiz?

- Ketma-ket mag'lubiyatlar yigitlarga ruhiy tomondan salbiy ta’sir ko'rsatgan edi. Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida jamoa bilan jiddiy ishladik. Ruhiy tomondan ularga ishonch zarur edi. Oldindagi o'yinlarda ham g'alabalarga erishib, natijalarimiz ijobiy tomonga o'zgarishidan umid qilamiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia