90-yillar futboli. Bekxemning qizil kartochkasi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2015, 11:35
Saytimizda 90-yillar futboli rukni davom etadi.

1998 yil Fransiya maydonlarida bo'lib o'tgan Jahon chempionati 1/8 finalida Argentina va Angliya terma jamoalari to'qnash kelishgan. 30 iyunda Sent Eten shahridagi "Joffrua Gishar" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Lotin Amerikasi vakili penaltilar seriyasida g'olib chiqqan. O'yinning kulminacion vaziyati 47-daqiqada ro'y bergan edi.

Argentina terma jamoasi sardori Diego Simeoneni tepgani uchun Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Devid Bekxem qizil kartochka olib maydonni tark etgan. O'sha vaziyatda Simeone simulyaciya qilganini barcha ko'rgan, biroq Bekxem baribir qoidani buzgani uchun maydondan chetlatilgan. Shu tariqa, Angliya mundialdagi yurishini to'xtatishga majbur bo'lgandi.


Argentina - Angliya 2:2 (penaltilar seriyasi 4:3)
Bosh hakam
: Kim Milton Nilsen (Daniya)

Gollar: Gabriel Batistuta 5 penalti, Alan Shirer 9 penalti, Maykl Oven 16, Xaver Zanetti 45+1. 

Argentina: Karlos Roa, Pablo Ayyala, Xose Shamot, Matias Almeyda, Klaudio Lopez (Marselo Gallardo, 68), Diego Simeone (Serxio Berti, 91), Gabriel Batistuta (Ernan Krespo, 68), Ariel Ortega, Xuan Sebastyan Veron, Nelson Vivas, Xaver Zanetti.
Bosh murabbiy: Daniel Pasarella
Angliya: Devid Simen, Sol Kempbell, Grem Le So (Garet Sautgeyt, 71), Pol Ins, Toni Adams, Devid Bekxem, Alan Shirer, Gari Nevill, Darren Anderton (Devid Batti, 97), Pol Skoulz (Pol Merson, 78), Maykl Oven.
Bosh murabbiy: Glenn Xoddl.
Ogohlantirishlar: Simen 5, Ins 10, Veron 44, Simeone 47, Almeyda 73, Roa 110.
Chetlatish: Bekxem 47


Suratda Kim Milton Nilsen Devid Bekxemga qizil kartochka ko'rsatmoqda.


90-yillar futboli: 1999 yilgi YCHL finali

90-yillar futboli: Kristian Veri va Ronaldo

90-yillar futboli. Gollandiya-1995

90-yillar futboli: Terri Anri

90-yillar futboli. Alessandro Del Pero va Filippo Inzagi

90-yillar futboli. Xosep Gvardiola

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia