

Devid ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o'zining MYUdagi to'p surgan davrlari aks etgan suratni joylashtirib: "O'zing yaxshimisan, Romeo?" deb izoh qoldirdi.
23 yoshli Romeo Bekxem esa otasining bu "hujumi"ga tezkorlik bilan javob qaytardi. U APL turnir jadvali aks etgan skrinshotni joylab, shunday yozdi: "Juda ham bo'shashib ketmang. Tuzoqqa tushib qolmaslik uchun ehtiyot bo'ling".
Eslatib o'tamiz, ushbu mag'lubiyatga qaramay "Arsenal" 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Yunayted" esa 38 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.




