KXDRda g'alati taqiq o'rnatildi

Sherzod Nurmatov
15 fev 2025, 23:30
Hammasiga Son Xyon Min aybdor.

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda "Tottenxem" o'yinlarini ko'rsatishni taqiqlab qo'ydi. 

Endilikda Koreya Xalq Demokratik Respublikasida janubiy koreyalik futbolchilar ishtirokidagi uchrashuvlar translyatsiya qilinmaydi. 

KXDRdagi barcha futbol o'yinlari – APL, CHL, JCH "o'g'irlab" ko'rsatiladi va 4 oylik kechikish bilan namoyish etiladi: uchrashuvlar tahrirlanadi, ularning davomiyligi 90 daqiqadan 60 daqiqagacha qisqartiriladi. Uchrashuvlardan keyin KXDRning kechki yangiliklar dasturi efirga uzatiladi va uni 26 mln kishi tomosha qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail