Rasmiy xabar: "Surxon" yetakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2024, 12:26
Termizning "Surxon" klubi o'z hujumchisi bilan kelishuvni uzaytirdi.

"Surxon" sardori Jahongir Abdusalomov 2025 yilgi mavsumida ham Termiz klubi sharafini himoya qiladi. Abdusalomov 2024 yilda barcha musobaqalarida 30 ta uchrashuv o'tkazib, gol+pas tizimi bo'yicha 10 ochko (9+1) ishlab oldi.

Jahongirning yangi shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo'ljallangan. Sardorimizga "Surxon" tarkibida ko'plab g'alabalarga munosib hissa qo'shib olishiga biz ishonamiz!", - deb yozadi "Surxon" matbuot xizmati. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сурхон” матбуот хизмати