Rasman: Jahongir Abdusalomov "Dinamo" futbolchisiga aylandi

Administrator
20 iyul 2025, 20:15
"Dinamo" PFK 2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismi oldidan o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Mavsumning 1-davrasini Surxon safida o'tkazgan Jahongir Abdusalomov Dinamo a'zosiga aylandi. 26 yoshli hujumchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi. Jahongir Abdusalomov kuni kecha "Dinamo"ning Belarusdagi yig'iniga borib qo'shildi va hozirda Vadim Abramov qo'l ostida mashg'ulotlarga kirishgan.

Abdusalomov faoliyati davomida Surxondan tashqari, Superligada Bunyodkor va Mashal sharafini ham himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати.