Gvardiola qo'l ostidagi jamoa ilk marta qatorasiga ikki uchrashuvda 3 ta gol o'tkazdi

8 apr 2018, 01:52
APL 33-turida “Manchester Siti” o'z uyida hamshaharlari “Manchester Yunayted”ga (2:3) imkoniyatni boy berdi.

“Shaharliklar” qatorasiga ikkinchi o'yinda o'z darvozalaridan uchta gol olib chiqishdi. Ushbu haftada Gvardiola jamoasi YCHL ¼ finalida “Liverpul”ga mag'lub bo'lgandi.

Gvardiolaning murabbiylik faoliyati davomida ilk marta uning qo'l ostidagi jamoa qatorasiga ikki o'yinda o'z darvozasidan uchtadan gol o'tkazib yubordi.


Manba: Gracenote Live