Podolski Germaniyada "lavash xona" ochdi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2018, 17:34
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lukas Podolski vatanida yangi biznes boshladi.

Podolski o'zi tug'ilgan Kyoln shahrida "Mangal Doner" deb nomlangan "lavash xona" (fast-fud) do'konini ishga tushirdi.

Shanba kuni bo'lib o'tgan ochilish marosimida ko'plab OAV vakillari va mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi. Ishqibozlar Podolskini ko'rish uchun bir necha soat navbat kutishga ham rozi bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail