Yurgen Klopp Millatlar ligasida Serbiyaga qarshi o'yindagi g'alabaga munosabat bildirdi

2 okt 2026, 08:40
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Serbiyaga qarshi o'yindagi (2:0) g'alabaga izoh berdi.

"Biz shiddatli suratda boshladik. Kontrpressing juda yuqori darajada edi, bo'sh hududlar cheklangandi. Yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo tanaffusda yigitlarga aytdim: endi eng muhimi - ushbu darajani saqlab qolish. Agar kelajakda jiddiy maqsadlar uchun kurasha oladigan jamoaga aylanishni istasak, ushbu kayfiyatni saqlab qolishga majburmiz, - va ular uddalashdi. Ular meyorni ham, shiddatni ham, qolgan hamma narsani ham ushlab qolishdi. Yakunda ajoyib o'yin chiqdi", - deydi Kloppning so'zlarini UEFA rasmiy sayti.

Ushbu g'alaba bundestim uchun 59 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi birinchi g'alaba bo'ldi.

Guruh bosqichining navbatdagi turida Germaniya 4 oktyabr kuni Gretsiya bilan kuch sinashadi, Serbiya esa shu kuni Niderlandiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com