Jahongir Abdumo'minov "Shaxtyor"ning Turkiyadagi yig'inida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
26 dek 2013, 08:34
"Mashal" futbolchisi Jahongir Abdumo'minovga qo'shni Qozog'iston klublaridan taklif bo'layotgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Futbolchining o'zi bilan suhbatlashganimizda Viktor Kumikov boshqaruvidagi "Shaxtyor" jamoasidan taklif olganini aytib o'tdi.

- Inkor etmayman faoliyatimni Qozog'istonda davom ettirish extimolim yuqori. Sababi Qarag'andaning "Shaxtyor" klubidan qiziqarli taklif kelib tushgan. Bu borada "Mashal" rahbarlari bilan maslahatlashgan xolda, "Shaxtyor"ning yanvar oyida Turkiyada tashkil etiladigan yig'iniga borib qo'shilaman.

Agarda mashg'ulotlar chog'ida o'zimni ijobiy tomondan ko'rsata olsam, Viktor Kumikov jamoasida o'ynashim mumkin", - deydi Abdumo'minov "SA"ga bergan intervyusida.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia