Xitoy - Qozog'iston. O'yinga 40 mingdan ortiq chipta sotilgan

Aziz Tukhtamuradov
7 iyun 2016, 12:30
Bugun Xitoy hamda Qozog'iston terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yinida kuch sinashadilar.


Qozog'iston futbol federatsiyasi rasmiy saytining ma'lum qilishicha, o'yinga 40 mingdan ortiq chipta sotib bo'lingan.

Eslatib o'tamiz, Xitoy - Qozog'iston o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. Bahs 61 mingdan ortiq muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan Dalian Sports Center stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia