Verner Germaniya safida ketma-ket 2-o'yinda gol urdi. "Chelsi"dagi "quruq" seriyasi esa...

Narzulla Saydullayev
6 sen 2021, 11:31
Germaniya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Armanistonni 6:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindagi to'rtinchi golni Timo Verner urishga erishdi.

25 yoshli hujumchi terma jamoa safida ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urdi – 2 sentyabr kuni Verner Lixtenshteyn bilan bahsda to'p kiritgandi (2:0).

E'tiborlisi Verner "Chelsi" safida may oyidan buyon gol urmayapti. Klubidagi golsiz seriya 8ta o'yinni tashkil etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia