"Shtutgart" sport direktori: "Pavarni yana bir mavsum saqlab qolmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 17:12
"Shtutgart" sport direktori Mixael Ryoshkening takidlashicha, klub Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2018da g'olib bo'lgan Benjamen Pavarni saqlab qolmoqchi.

Oldinroq, Pavarga "Bavariya" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

"Moliyaviy holatni hisobga olib, to'g'ri qaror qabul qilishimiz kerak. Pavar "Shtutgart"da yana bir mavsum qolishini istaymiz. U klubning topilmasi.

Pavarning o'zi nimani xohlayotgani muhim. U vaziyatga qanday qaramoqda? Agar kerak bo'lsa Benjamen va uning oilasi bilan futbolchining kelajagini muhokama qilamiz. Pavar "Shtutgart"da ajoyib mavum o'tkazdi, Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida yaxshi o'ynadi.

Pavar nafaqat ajoyib futbolchi, balki yaxshi inson ham. Menga uning hayotga bo'lgan munosabati yoqadi. Bunday yigitni tarbiyalagan ota-onaga rahmat aytish kerak" - deydi Ryoshke.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN