Shomurodovning jamoadoshi Abrahamdan ajoyib ko'rsatkich

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2022, 09:22
Temmi Abraham ushbu mavsumda "Roma" safida 24 ta gol urdi.

Rimliklar futbolchisi Konferenciyalar ligasi chorak finali doirasida "Bude-Glimt" jamoasiga qarshi o'yinda ham gol urdi. 

Hozirda Abraham ushbu mavsumda Yevropaning TOP-5 ligasida o'ynayotgan eng sermahsul ingliz futbolchisi bo'lib turibdi. 

24 yoshli forvard XXI asrda "Roma"da 24 ta gol ura olgan uchinchi futbolchi bo'ldi. Bungacha faqat Franchesko Totti va Edin Jeko (2 marta) bunday natijani qayd eta olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta