Sherzod Sattorov: "Superligada o'ynashni kim ham xohlamaydi deysiz?"

Narzulla Saydullayev
25 may 2018, 10:20
PRO-Liga 11-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “G'ijduvon” (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sherzod Sattorov o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Uchrashuv haqida nima deyish mumkin, uchrashuv og'ir kechishini bilar edik. Birinchidan uzoq yo'l bosib kelganligimiz tufayli bugungi o'yinda futbolchilarimizda horg'inlik kayfiyati sezildi. Ikkinchidan, o'yinni yomon boshlamadik, bizda golga tortadigan vaziyatlar bor edi. Lekin bugun raqiblarimizga omad kulib boqdi. Biz imkoniyatlardan foydalana olmadik, ular esa foydalanishdi. Lekin bizda yaxshi imkoniyatlar bor edi. Xechqisi yo'q, biz keyingi uchrashuvlarga yanada jiddiyroq harakat qilamiz.      

- G'ijduvon jamoasi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

- Bizning jamoasni maqsadi – tumanimizda futbolni yanada rivojlantirish, klub infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoshlarni kelajakda mahoratli futbolchi sifatida shakllanishlariga ko'maklashish, klubimiz bazasini yanada yaxshilash kabilardan iborat. Bizing klub bazasi bu maydondan yaxshiroq, maydon sifati yaxshi, umuman aytganda hamma sharoit bor. Yaratilib berilgan sharoitlar uchun tumanimiz hamda klubimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman.
Klubimiz hohlaydi, barchamiz hohlaymiz Superligada o'ynashni. Kim ham hohlamaydi deysiz? Biz harakat qilamiz kelajakda jamoamizni yuksak darajaga olib chiqishni. Biz reja qilyapmiz, ikkinchi davrada tarkibimizga yanada kuchliroq futbolchilarni jalb etib, jamoamizni yanada kuchaytirmoqchimiz.          

Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia