"Shanxay SIPG" bosh murabbiyi: "Men Villash-Boshdan yaxshiroq ishlashga harakat qilaman"

Xayrulla Xoliqov
13 dek 2017, 15:53
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Shanxay SIPG"da yaqinda bosh murabbiy o'zgardi. Bungacha ishlab kelgan portugaliyalik Andre Villash-Boash o'z lavozimini tark etib, o'rnini boshqa hamkasbi Vitor Pereyraga bo'shatib berdi.

Ma'lumki, Pereyra o'z vaqtida "Portu"da aynan Villash-Boashga yordamchilik qilgan. Bu mutaxassis joriy yilning may oyidan beri ishsiz yurgandi. Villash-Boash jamoasi Osiyo chempionlar ligasida finalga chiqa olmagani hamda Xitoy chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgani uchun iste'foga chiqarildi.

Endilikda klubning yangi bosh murabbiyi Vitor Pereyra o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- "Xitoy chempionati oxirgi yillarda ancha kuchaydi. Bu yerda xorijlik murabbiylar ko'p va hamma o'zini ko'rsatishni xohlaydi. Men jamoaga yordam berish uchun bor kuchimni ishga solaman. "Shanxay SIPG" sovrinlar yutishi kerak. Men shu sababdan Xitoyga keldim. 2010-11 yilgi mavsumda Villash-Boash bilan birga "Portu"da ishlaganmiz. Undan ko'p narsa o'rganganman va endilikda o'zib ketishga harakat qilaman".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com