"Flamengo" "Chelsi" sobiq o'yinchisi Oskar bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
16 iyul 2022, 13:15
"Flamengo" "Shanxay SIPG" bilan yarim himoyachi Oskarning transferi borasida muzokaralarni boshladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ayni "Chelsi" sobiq o'yinchisining o'tishi borasidagi bitim muzokaralar bosqichida.

30 yoshli braziliyalikning klub bilan shartnomasi 2024 yilning noyabriga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "Flamengo" ushbu haftada "Barselona" sobiq o'yinchisi Arturo Vidalni o'z safiga qo'shib oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano