Sardor Rashidov jamoasi "Lahviya"ga yirik hisobda yutqazdi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2017, 08:26
Qatar Yulduzlar ligasida 24-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi safarda “Lahviya”ga qarshi bahs olib borib 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Rashidov ikkinchi bo'lim boshida Lukas Mendesning o'rniga maydonga tushdi. 

Chempionatning 24-turidan so'ng “Al-Jayish” 45 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Lahviya" esa 59 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi.


Qatar Yulduzlar Ligasi. 24-tur
"Lahviya" - "Al Jayish" 5:1
Gollar:
Muhammad Musa 21 penalti, Nam Te Xi 23, Ali Hassan Afif 46, Edgar Silva 76, Almoaz Ali 90 - Romarino 48


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia