Rudi Garsiya agar tarkibni kuchaytirish masalasida kafolat olmasa "Roma"dan ketadi

Aziz Tukhtamuradov
7 may 2014, 10:02
"Roma" jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya klubdan ketmoqchi.

50 yoshi fransiyalik murabbiy aslida jamoada qolishni istaydi. Lekin, u klub prezidenti Jeyms Palottadan klubni kuchaytirish uchun moliyaviy ko'mak olmasa, rimliklar bilan hayrlashadi.

Undan tashqari, Garsiya jamoa yetakchilarini saqlab qolmoqchi. Shu jumladan, Miralem Pyanichni ham.

Eslatib o'tamiz, "Roma" bu mavsum Garsiya boshchiligida A seriyada ikkinchi o'rinni egalladi.

Avvalroq esa, murabbiy "PSJ"ni boshqarishi mumkinligi haqida habarlar tarqalgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru