Ronaldu "Manchester Yunayted" tarkibida "Chelsi"ga qarshi bahsda eng yomon o'yinchi bo'ldi

Alisher
29 noya 2021, 11:50
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" Angliya chempionati 13-tur doirasida durang o'ynashdi.

"Ko'klar" maydonida o'tkazilgan o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Statistika portali WhoScored londonliklar o'yinchisi Xakim Zieshga 7,3 baho qo'yib, uning bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topdi.

Mehmonlar tarkibida eng past bahoni Krishtianu Ronaldu oldi - 5,8. Forvard 65-daqiqada maydonga tushdi. Portugaliyalik o'yin so'nggida sariq kartochka oldi.

"Chelsi" Premer-liga jadvalida yetakchiligini saqlab qolmoqda, MYU esa 8-o'rinda.

→ Ronaldu APL doirasidagi oxirgi 8 uchrashuvda 1 ta gol urdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: WhoScored